Sadir Japarov: Mirziyoyev O‘zbekistonda Karimovdan qolgan diktaturani yo‘qotdi

Olam

image

Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovdan qolgan diktaturani yo‘q qilib, mamlakat eshigini dunyoga ochganini aytdi.

Japarov BBC jurnalistiga bergan intervyusida Qirg‘iziston uning qo‘li ostida avtoritar boshqaruvga aylanib ketmaydimi, degan savolga u Prezident Shavkat Mirziyoyevni misol keltirib javob berdi.

Sadir Japarovga ko‘ra, Mirziyoyev boshqaruvga kelgach, diktaturaga barham berdi va natijada mamlakatga sarmoya kirib kela boshladi. Xalqning hayoti farovonlashdi, deydi u.

“Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Menda avtoritar boshqaruvni o‘rnatish niyati yo‘q. O‘rnatmaymiz. Bunga kuchimiz ham irodamiz ham yetadi. Buni vaqt ham ko‘rsatadi.

Bizning kuchimiz qonun ustuvorligi va adolat diktaturasini o‘rnatishga yetadi. Xudo xohlasa o‘rnatamiz.

Sizga bir misol keltirayin. Qo‘shni O‘zbekistonni oling.

Karimov davrida kuchli diktatura edi. Uni butun dunyo bilardi, qo‘shni davlatlar va biz ham bilganmiz.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kelgach diktaturani olib tashlab dunyoga eshigini ochdi. Eshigini ochgandan keyin hozir qanday o‘zgarishlar bo‘lyapti.

Agar diktaturani o‘rnataman desa Islom Karimovning diktaturasini davom ettirib ketsa bo‘lar edi. Ammo davom ettirmadi-ku.

Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq. Bo‘lmasa Islom Karimov bilan ishlashib kelgan, birga boshqargan. U kishi vafot etgandan keyin hokimiyat qolgach, barcha diktaturani yo‘q qilib, dunyoga eshigini ochdi. Qo‘shni davlatlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan birga ishlab, hozir investitsiya kirib misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy o‘sish bo‘lyapti.

Xalqning turmushi ham farovonlashyapti. Shuning uchun ham hammasi odamning o‘ziga bog‘liq, deb aytaman. Agar mening ham diktatura o‘rnatgim kelsa, o‘zimning qo‘limdada. Bu qonunlar qanday yozilishi, bosh qomusning qanday yozilishiga bog‘liq emas. O‘rnataman, desang o‘rnataverasan. Ammo biz bunday qilmoqchimasmiz.

Sababi hech kim benuqson emas. Bizning ham zamonimiz o‘tadi. Besh yil, o‘n yildan keyin o‘tadimi, bizning ham vaqtimiz tugaydi. Boshqa zamon keladi.

Inson hayoti davomida zamon, yashash tarzi o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham bunday narsalardan uzoqdamiz. Biz ertangi kunimizni o‘ylashimiz kerak”, deydi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov Qirg‘izistonda joriy yilning 10 yanvar kuni muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. U 28 yanvar kuni qasamyod keltirib, rasman Prezident lavozimida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov Sadir Japarov

Baholaganlar

1297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing