Sadir Japarov maydonga tushgan o‘yinda 3 ta javobsiz gol qayd etildi

Sport

image

Qirg‘izistonda “Barselona”ning 29-akademiyasi ochilishi munosabati bilan bugun, 30 avgust kuni “Barselona” afsonalari va Markaziy Osiyo faxriylari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi. Mazkur bahsda davlat rahbari Sadir Japarov ham “Osiyo afsonalari” safida maydonga tushdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston vakili sifatida Server Jeparov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev kabi faxriylar ishtirok etdi.

Avval aytilganidik, hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan sobiq hakam Ravshan Ermatov o‘yinni boshqarib bordi.

Uchrashuv “Osiyo afsonalari”ning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. “Barselona” afsonalari safida Rivaldo, Sorin va Saviola o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Barselona afsonalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing