Sadio Mane koronavirusga chalindi
Sport
−
03 Oktabr 2020 5585 1 daqiqa
Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchisi, senegallik Sadio Mane koronavirusga chalindi. Bu haqda jamoaning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klubning yarim himoyachisi Tyago Alkantarada ham kasallik aniqlangan bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Maneda kasallikning kichik alomatlari kuzatilgan. Umuman olganda futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda. U o‘z o‘zini izolyatsiya qilish jarayonida.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" chempionatning uchta o‘yinida uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi. To‘rtinchi turda esa Yurgen Klopp shogirdlari ertaga, 4 oktyabr kuni "Aston Villa" ga qarshi o‘ynaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr