Saddam Husayn haqida film suratga olinadi
Madaniyat-san’at
−
17 fevral
9069"Chernobil" filmi rejissyori Yoxan Renk o‘zining yangi loyihasini suratga olishga hozirlik ko‘rmoqda. Rejissyor Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn hayotining so‘nggi kunlari haqida film suratga oladi. Bu haqda kecha, 16 fevral kuni "The Hollywood Reporter" nashri xabar berdi.
Filmda bosh rolni “Saltbern” va “Banshi Inisherina” filmlari yulduzi Barri Keogan ijro etadi. U Iroq liderini bir necha oy qo‘riqlagan amerikalik askar rolini o‘ynaydi.
Film AQSH armiyasining sobiq piyoda zobiti Uill Bardenverperning "O‘z saroyidagi mahbus: Saddam Husayn, uning amerikalik gvardiyasi va aytilmagan tarix" kitobi asosida suratga olinadi.
"Amo Saddam" deb nomlangan filmni suratga olish shu yil kuzda boshlanishi va 2025 yilda premera qilinishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Yoxan Renk 2006 yildagi Bag‘dod haqida suratga olingan boshqa filmlaridagi stereotiplardan foydalanmasdan, voqeani haqiqiy tarzda yetkazishni rejalashtirmoqda.
LiveBarchasi