Sabr-toqat qiling – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva - Toshkent yo‘nalishidagi barcha qatnovlarni to‘xtatdi
Jamiyat
−
18 mart 2020
5870“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha barcha muntazam qatnovlarni bekor qildi.
Ayni paytda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKningn Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bekor qilingan qatnovlariga mavjud bo‘lgan chiptalarni topshirishni istagan barcha yo‘lovchilarga shu chiptalar sotib olingan joylarda mablag‘larni qaytarish amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, chegaralarning ochilishi va parvozlarga ruxsat berilishidan so‘ng chiptalarni har qanday sanaga qayta bronlash imkoniyati mavjud.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va sabr-toqat qilib vaziyatni tushunishingizni so‘raymiz”, deyiladi MAK xabarida.
Kompaniya tarqatgan xabarda qayd etilishicha, Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlari amalga oshiriladi. Bu haqda esa qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
“Hozirgi vaqtda aviakompaniya vakillari ushbu vaziyatni hal qilish ustida ish olib bormoqda va shu vaziyat tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda”, deyiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandan keyin Hukumat qaroriga binoan O‘zbekistonga va mamlakatdan amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlar to‘xtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov QALAMPIR.UZ'ga qo‘shni mamlakatlar va Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari maxsus reyslarda Vatanga olib kelinishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi