Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Saakashvili yana 4,5 yilga qamaldi

Olam

image

Bugun, 17 mart kuni Tbilisi shahar sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini to‘rt yarim yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Mtavari” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Saakashvilining o‘zi sud majlisida ishtirok etmagan. Gruziyaning “TV Pirveli” telekanali xabariga ko‘ra, hukmning e’lon qilinishi majlislar zalida shov-shuvga sabab bo‘lgan, natijada sobiq prezidentning tarafdorlari u yerdan chiqarib yuborilgan.

Qayd etish joiz, o‘sha paytda qidiruvda bo‘lgan Mixail Saakashvili 2021 yil 29 sentyabrda Gruziyaga yashirincha kelgan. 1 oktyabr kuni siyosatchi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida hibsga olingan.

Xuddi shunday ayblovlar yana to‘rt nafar ayblanuvchiga ham qo‘yilgan.

Ayni vaqtda Mixail Saakashvili deputat Valeri Gelashvilining kaltaklanishi va bank xodimi Sandro Girgvlianining qotillarini afv etish bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. 2022 yil may oyidan beri siyosatchi Tbilisidagi “Vivamedi” fuqarolik klinikasida davolanmoqda.

Joriy yilning 12 mart kuni Gruziya sudi Mixail Saakashvilini byudjetdan 9 mln lari (2,9 million dollar)ni o‘zlashtirish ishi bo‘yicha to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. U davlat mablag‘laridan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanganlikda aybdor deb topildi.

Jazolarning qisman qo‘shilishi munosabati bilan Mixail Saakashvili 12 yilu 6 oy muddatga qamalgan. Gruziya sobiq prezidentining tarafdorlari va huquq himoyachilari unga qo‘yilgan ayblovlarni siyosiy deb hisoblamoqda. Yevropa Ittifoqi Mixail Saakashvilini siyosiy mahbus deb tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Tbilisi Mixail Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing