Ro‘ziboyevning Oliveyraga qarshi jangi 35 soniya davom etdi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboyev kecha, 16 iyul kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi. Buxoro mezbonligida o‘tgan Open FC va ATF  promoushenlarining qo‘shma turniri doirasida tashkil etilan mazkur bahsda unga braziliyalik Neris de Oliveyra raqiblik qildi.

5 daqiqadan 3 raundga mo‘ljallangan jang dastlabki raundning 35-soniyasida yakunlandi. O‘zbekistonlik MMA'chining faolligi bilan start olgan bahsda braziliyalik sportchi himoyasida passivlik qayd etildi va ketma-ket o‘tkazib yuborgan og‘ir zarbalari oqibatida nokaut holatiga tushib qoldi. Shu tariqa g‘oliblik Mashrabjon Ro‘ziboyev nomiga rasmiylashtirildi.

Ma’lumot uchun, Mashrabjon Ro‘ziboyev prof MMA'da bunga qadar 22 ta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘alaba qozongan va 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, sportchining bitta jangida durang natija qayd etilgan. Braziliyalik raqibi Neris de Oliveyra esa jami 31 ta jangda ishtirok etib, 20 marta qo‘li baland ko‘tarilgan hamda 11 ta jangida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Mashrabjon Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made