Ro‘ziboyevning ehtimoliy jangi vaqti aniq bo‘ldi
Sport
−
24 Oktabr
5821O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev bo‘lajak jangini joriy yil noyabr oyida o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“Jarohatim deyarli tuzalgan. Mashg‘ulotlarni boshlab yubordim. O‘zi jarohatim jiddiy emas edi, shuning uchun UFC'dan noyabr oyiga jang so‘raganman”, deydi Ro‘ziboyev.
Qayd etish joiz, aslida Ro‘ziboyev 26 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC 308 turniri doirasida rossiyalik Renat Faxretdinovga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Ro‘ziboyevda jarohat aniqlangani bois u Faxretdinovga qarshi oktagonga chiqmaydigan bo‘ldi. UFC esa rossiyalik jangchiga qarshi braziliyalik Karlos Leal jang qilishini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Ro‘ziboyev shu vaqtga qadar UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, janglarining 2 tasida g‘alaba qozondi, 1 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy berdi. MMA'da esa Ro‘ziboyev 34-9 rekordga ega.