Ro‘ziboyevni mag‘lub etgan Bakli Usmonga qarshi jang qiladi – manba

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevni mag‘lub etgan amerikalik jangchi Xoakin Bakli yarim o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni nigeriyalik Kamaru Usmonga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda “Combat Casuals” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usmon va Bakli UFC Fight Night 257 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi. UFC Fight Night 257 turniri esa 14 iyun kuni AQSHning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Kamaru o‘zining so‘nggi jangini 2023 yilning oktyabr oyida tashkil etilgan UFC 294 turnirida Xamzat Chimayevga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi. Nursulton Ro‘ziboyevga UFC'dagi yagona mag‘lubiyatni taqdim etgan Bakli esa 14 dekabr kungi UFC on ESPN 63 turnirida vatandoshi Kolbi Kovingtonni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usmon Xoakin Bakli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing