Ro‘ziboyev UFC'dagi ikkinchi jangida ham g‘alaba qozondi (video)
Sport
−
31 Mart 2024 19376 1 daqiqa
AQSHning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 241 turniri doirasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga ko‘tarildi.
Asosiy kardda amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi bahs olib borgan Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. 1-raund yakunlanishiga 2 daqiqadan kam vaqt qolganida Dyuma ko‘zini ushlagan holda biroz sekinlashib qoldi, vaziyatdan unumli foydalangan o‘zbekistonlik jangchi esa tezlikni oshirdi va ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Dyumaning o‘zini himoya qila olmayotganini ko‘rgan hakam esa bahsni to‘xtatdi.
Shunday qilib, Ro‘ziboyev UFC'dagi ketma-ket ikkinchi g‘alabasiga erishdi. 30 yoshli sportchi dastlab tashkilotda 2023 yil 1 iyul kuni braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi to‘qnashuvda zafar quchgandi. 28 yoshli Dyuma esa MMA'dagi karerasi davomida uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr