Ro‘za tutish shaxsiy masala bo‘lishi kerak – Samir Nasri

Sport

image

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri futbolchilarning Ramazon oyida ro‘za tutishi haqida gapirib o‘tdi. 

“Nega jamoalar futbolchilarning ro‘za tutishini bilishi kerak? Mening futbolchilik  davrimda hech kim “Ro‘za tutyapsanmi”, deb so‘ramagan. Hozirda vaziyat umuman boshqacha, bu jarayon jamoatchilik muhokamasiga aylanib ulgurgan. Muxlislar qaysi futbolchilar ro‘zador ekanini bilishni xohlashadi.  Ro‘za tutish yoki tutmaslik shaxsiy masala bo‘lib qolishi kerak deb hisoblayman hamda atrofdagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi tarafdoriman. Bundan yigirma yilcha ilgari Ramazon haqida bunaqangi ko‘plab savol va muammolar bo‘lmas edi”, deydi Nasri.

Shuningdek, sobiq futbolchi Ramazon oyida doimgidan kuchliroq o‘yin ko‘rsatadigan “Real” a’zosi Karim Benzema borasida ham fikr bildirdi.

“Misol uchun Benzema, odatda, Ramazon oyida qolgan vaqtdagi o‘yinlariga nisbatan yaxshiroq o‘ynaydi. Agar ro‘zadorligi sabab bo‘lib o‘yinida pasayish kuzatilsa, tabiiyki murabbiy uni zaxirada qoldirishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun futbolchi konsentratsiyani yo‘qotmaslikka harakat qiladi va buni yaxshi uddalaydi”, deya qo‘shimcha qildi fransiyalik futbolchi. 

Ma’lumot uchun, Samir Nasri 2014 yilda Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagandi. 2021 yilda esa u futbol bilan butunlay xayrlashdi. Hozirda Nasri 35 yoshda.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Samir Nasri “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing