Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1,2 milliondan oshib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul soat 18:00 holatiga respublika bo‘yicha jami 1 262 551 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 498 377 nafar) abituriyent oliy ta’lim muassasida o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, ta’lim shakli bo‘yicha:

•    kunduzgi – 706 657 nafar;
•    sirtqi – 527 003 nafar;
•    kechki – 28 891 nafar.

Hududlar miqyosida:

•    Toshkent shahri – 342 246 nafar;
•    Samarqand viloyati – 119 115 nafar;
•    Farg‘ona viloyati – 97 726 nafar;
•    Andijon viloyati – 93 385 nafar;
•    Qashqadaryo viloyati – 83 673 nafar;
•    Surxondaryo viloyati – 77 310 nafar;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 70 786 nafar;
•    Namangan viloyati – 67 395 nafar;
•    Toshkent viloyati – 66 664 nafar;
•    Jizzax viloyati – 60 922 nafar;
•    Buxoro viloyati – 55 730 nafar;
•    Xorazm viloyati – 50 665 nafar;
•    Navoiy viloyati – 40 294 nafar;
•    Sirdaryo viloyati – 34 098 nafar.

Tillar kesimida:

•    o‘zbek tilida – 1 105 994 nafar (87,8 foiz)
•    rus tilida – 116 615 nafar (9,2 foiz)
•    qoraqalpoq tilida – 37 224 nafar (2,8 foiz)
•    boshqa tillarda – 2 718 (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

•    Samarqand davlat universiteti – 64 723 nafar;
•    Andijon davlat universiteti – 50 818 nafar;
•    Qarshi davlat universiteti – 49 541 nafar;
•    Namangan davlat universiteti – 44 791 nafar;
•    Toshkent davlat pedagogika universiteti – 44 505 nafar.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing