Rutube YouTube bilan raqobatlashish uchun 367 mln dollar sarflamoqchi

Texnologiya

−

image

Rossiyaning Rutube video hosting kompaniyasi foydalanuvchilari sonini YouTube'niki bilan tenglashtirish uchun 30 milliard rubl (367 milllion dollar) sarflaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Rutube dastlab 50-55 milliard rubl berilishini so‘ragan. Xabarlarga ko‘ra, hosting egasi “Gazprom-Media Xolding” allaqachon buning uchun mablag‘ ajratgan. 

O‘tgan yili Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan TNT va NTV kanallari Youtube'da bloklangan edi. Shundan so‘ng “Gazprom-Media” video kontentini faqat RuTube'da e’lon qilishini bildirgandi. 

Endilikda YouTube'ning ruscha analogi o‘zining server quvvatini, jumladan, kontent yetkazib berish tarmog‘ini (content delivery network – CDN) kengaytirmoqchi. Bundan maqsad texnik ko‘rsatkichlar va tarmoq foydalanuvchilari soni bo‘yicha YouTube'ga yetib olish ekani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing