Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya rahbari bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan general-moyor Rustam Jo‘rayev boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Rustam Jo‘rayev endilikda faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida davom ettiradi. U Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan.

Rustam Jo‘rayev 1968 yil 26 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan.

Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Milliy gvardiyani Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i Bahodir Toshmatov boshqarib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

702

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing