Rustam Azimov boshqaruvidagi “O‘zbekinvest” qayta tashkil etildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
43916O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etildi.
“O‘zbekinvest” EISK” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi bo‘yicha aksiyador huquqi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkazildi.
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarning kompleks sug‘urta himoyasini ta’minlash “O‘zbekinvest” EISK” AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qaror bilan “O‘zbekinvest” EISK” AJga belgilangan tartibda xorijiy banklarda joriy hisobvaraqlarini ochish va bank depozitlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun ular bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish, sug‘urta to‘lovlari, sug‘urta va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berildi.
Ma’lumot o‘rnida, “O‘zbekinvest”ni 2017 yil 6 iyundan buyon O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Rustam Azimov boshqarib kelmoqda.
LiveBarchasi