Rusofob va O‘zbekistonni Qozog‘iston xaritasiga qo‘shib olgan Umarov Moskvaning qarshiliklariga uchramoqda 

Olam

image

Qozog‘istonning yangi Axborot vaziri Asqar Umarovning millatchilik kayfiyatidagi bayonotlarini qabul qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskvadagi brifingda ma’lum qildi.  

“Millatchilik xarakteridagi bayonotlar, bunga hamma narsa kiradi: ksenofobiya, nafratni qo‘zg‘atish va hokazo, bu ko‘pchilik aytganidek, Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari o‘rtasida norozilik kuchayishiga sabab bo‘ldi, biz buni nomaqbul deb hisoblaymiz. Ammo uning tayinlovi — Qozog‘istonning ichki ishi”, degan u. 

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Asqar Umarovning “noqulay va noto‘g‘ri bayonotlari” borligini aytgan. Kreml vakiliga ko‘ra, Umarov yangi vazir maqomida aytadigan bayonotlaridan xulosa chiqarish kerak. 

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Respublika Hukumatining yangi tarkibi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Unda mamlakat Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri lavozimini vazirlikning sobiq o‘rinbosari bo‘lgan Asqar Umarov  egallagan. 

Ushbu tayinlov qozoqlarda va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning rus segmentida turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Umarov mamlakatda ochiqchasiga rusofob sifatida tanilgan. Uning Rossiyaga kirishi rasman taqiqlangan. 

Qayd etilishicha, Umarov Rossiya, rus halqi va g‘alaba kunlari haqida bir necha iqtiboslar keltirgan:

G‘alaba kuni haqida. “Hamma aroq ichib, tushunarsiz G‘alaba bayramini nishonlayotganda birovning urushidan qaytmagan baxtsiz bobolarimizni duo bilan kimni va nimani ustidan g‘alaba qozonganini eslang”.

Rossiya aholisi haqida. "Bu yerda avtoxtonlar emas, balki majburlab qo‘yilgan diaspora ekanligingizni unutmang va sizning huquqlaringiz hurmat qilinayotgani hamda sizni boshqa mamlakatlarda mustamlakachi sifatida hech kim haydab chiqmayotgani uchun rahmat ayting".

Rossiya haqida. “Rossiya Federatsiyasi bilan majburiy iqtisodiy va siyosiy integratsiya natijasida yuzaga kelgan harakatlar qozoq tili hamda madaniyatining kelajagi, shuningdek, mustaqilligini yo‘qotishdan qo‘rqishga olib keladi”.

Alohida qayd etish joizki, 2017 yil sentyabr oyida Umarov boshchiligidagi mamlakatning asosiy davlat axborot agentligi “Kazinform” Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston hududlari Qozog‘iston tarkibida ekani ko‘rsatilgan xaritani e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston

Baholaganlar

583

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing