Ruslar O‘zbekistonga sayohatlari bo‘yicha besh yillik rekordni yangiladi

Olam

image

Rossiyada 2022 yilda O‘zbekistonga ketgan fuqarolar soni 99 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Ruslar Armaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Mo‘g‘ulistonga kirish bo‘yicha besh yillik rekordni yangilagan. 2022 yilda rossiyaliklar ushbu mamlakatlarga 8,4 million marta sayohat qilgan, bu 2021 yilga nisbatan 4,7 millionga ko‘p.

Ma’lumki, Rossiyada safarbarlik e’lon qilingan 2022 yilning uchinchi choragida rossiyaliklarning aksariyati mamlakatni tark etdi. Iyul-sentyabr oylarida Rossiyaga qo‘shni davlatlarga 3,5 million, oktyabr-dekabr oylarida yana 2,1 million kishi ketgan.

Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketish yil davomida 989 foizga, Gruziyaga – 475 foizga, Qozog‘istonga – 234 foizga, Tojikistonga – 212 foizga, O‘zbekistonga – 99 foizga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sayohat Ruslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing