Ruslan Nuriddinov rekord o‘rnatib, jahon chempioni bo‘ldi (video)

Sport

image

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Ruslan Nurudinov jahon rekordini o‘rnatib, chempion bo‘ldi.

Chempionatda -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik atlet dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangiladi. Shu tariqa uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini boshqa sportchi yangilay olmadi va Nuruddinov uchinchi bor ikki kurash bo‘yicha jahon chempionligiga erishdi.

Dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalga ega chiqqan Sharofiddin Amriddinov siltab ko‘tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo‘ldi. Shundan bo‘lsa ham, barcha yo‘nalishlardagi oltin medallar O‘zbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ruslan Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing