Ruslan Nuriddinov Olimpiada o‘yinlarida antidoping qoidalarini buzganligi tasdiqlandi

Sport

image

Og‘ir atletika bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov xalqaro Sport arbitraj sudining (CAS ADD) Dopingga qarshi kurash bo‘limi tomonidan London Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar tarqatdi.

Shuningdek o‘zbek sportchisi bilan birgalikda beloruslik og‘ir atletikachi Nikolay Novikovning aybi ham isbotlangan.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) 2018 yilning dekabr oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarning doping namunalari qayta tekshirilganidan so‘ng Nuriddinov va Novikovni sportdan chetlashtirilgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Tahlil natijasiga ko‘ra, Nuriddinovning qonida degidroxlormetiltestosteron moddasi mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Novikovda esa, degidroxlormetiltestosteron va stanozolol moddasi mavjudligi qayd etilgan.

Aprel oyida XOQ ishни CAS’ning dopingga qarshi kurashish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun topshirdi. Ishni ko‘rib chiqqan mutaxassis sportchi antidoping qoidalarini buzgan, degan xulosa keldi hamda uning Londondagi o‘yinlarda qayd etgan natijasini bekor қилди. Qayd etilishicha, ish keyingi surishtiruvni amalga oshirish uchun IWF’ga берилади.

Ma’lumot uchun, Nuriddinov London Olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida esa, oltin medalni qo‘lga kiritgan holda чемпион bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing