Ruslan Nuriddinov 4 karra Osiyo chempioniga aylandi
Sport
−
12 may 2023
6016Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonlik Ruslan Nuriddinov qit’a birinchiligida -109 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarish mashqida 177 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda jahon rekordi sohibiga bu safar oltin medal uchun 228 kg yetarli bo‘ldi.
Shu tariqa, Ruslan ikki kurash natijasiga ko‘ra 405 kg bilan eng yaqin ta’qibchisini 6 kg ga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun ekanligini yana bir karra ko‘rsatdi.
LiveBarchasi