Rus siyosatchisi “Tolibon” katta urushga tayyorlanayotganiga dalil keltirdi

Olam

image

“Tolibon” harakatining qochqinlar va repatriatsiya ishlari bo‘yicha vaziri Xalil-ur Rahmon Haqqoniy mamlakatda madrasalar nafaqat diniy ta’lim, balki jihod va urush mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga olishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini Afg‘oniston bo‘yicha siyosatshunos va ekspert Andrey Serenko Telegram'dagi kanalida keltirdi.

Haqqoniyning fikricha, Afg‘onistondagi madrasalar faqat diniy ta’lim bilan cheklanib qolmasligi kerak.

Paktiya viloyatidagi “jihod madrasasi”da o‘tkazilgan marosimda Haqqoniy madrasalar nafaqat diniy ta’lim, balki jihod va urush mashg‘ulotlarini ham o‘z ichiga olishi kerakligini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda madrasa va masjidlarning yoyilishi "Tolibon"ning zimmasida.

Haqqoniy hozir Afg‘onistonning chekka qishloqlarida "jihod madrasalari" ochishga harakat qilmoqda.

Bir necha afg‘on matbuotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida "Tolibon" Afg‘onistonning ko‘plab viloyatlarida o‘nlab jihodiy masjid va madrasalar qurgan.

2023 yilda "Tolibon" rejimi nafaqat o‘z jangchilari sonini faol ravishda ko‘paytirdi (faqat rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u allaqachon yarim million kishiga yetgan), balki o‘zining guruhlari uchun ham zaxira yaratishni boshlagan.

"Bularning barchasi "Tolibon" katta urushga tayyorlanayotgani haqidagi prognozlarimni tasdiqlaydi", deydi Serenko.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon urush Andrey Serenko Rus siyosatchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing