Rus dronlari Ukrainaga hujum qildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Ukrainaning Xarkov shahriga hujum qilishi oqibatida olti kishi halok bo‘lib, 10 kishi yaralangan. Bu haqda "The Moscow Times" xabar berdi.

Xarkov meri Igor Terexov ijtimoiy tarmoqda joylagan postida hujum shahar shimolidagi Shevchenkovskiy tumaniga qaratilganini bildirgan.

"Hujum Eronda ishlab chiqarilgan dronlar tomonidan amalga oshirildi va kamida to‘qqizta ko‘p qavatli uy, uchta yotoqxona hamda bitta yonilg‘i quyish shoxobchasiga zarba berildi", deb yozgan u.

Politsiya o‘limni tasdiqlagan va yana sakkiz kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini qo‘shimcha qilgan.

"Xarkov shimoli-g‘arbiy chekkasidagi Malaya Danilovka qishlog‘ida sodir etilgan alohida hujumda qurbonlar yo‘q. Ukraina harbiy-havo kuchlari mamlakat bo‘ylab bir necha guruh rus dronlari paydo bo‘lgani haqida xabar bergan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing