Rus bokschisi derazadan yiqilib vafot etdi
Sport
−
23 Sentabr 2019 7443 1 daqiqa
Rossiyalik bokschi Aleksey Zabolotskiy Tailandda vafot etdi.
35 yoshli bokschi mehmonxonaning to‘rtinchi qavatida joylashgan derazadan tushib ketgan.
Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, sportchi shifoxonaga olib borilgunga qadar vafot etib bo‘lgan.
Zabolotskiyning do‘stlariga ko‘ra, bokschi o‘z sheriklari bilan barda tunab qolgan. Keyin ular mehmonxonada spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni davom ettirdi. Ertalab sportchi balkonga chiqdi, shundan keyin yig‘lash va yiqilish ovozi eshitildi. Do‘stlari rossiyalik sportchi uchun tez yordam chaqirdi, ammo uni qutqarishning iloji bo‘lmadi.
Ayni paytda mahalliy politsiya fojiali voqea sabablarini tekshirmoqda.
Live
Barchasi