1 yil ichida 1,5 ming jurnalist Rossiya va Belarusni tark etdi

Olam

image

2024 yilda 1500 ga yaqin rossiyalik va belaruslik jurnalist Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘chib o‘tgan. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Yevrokomissiya saytida chop etilgan bayonotda so‘z boradi.

“Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina 2024 yilning o‘zida Rossiya va Belarusdan 1500 ga yaqin mustaqil jurnalist va tahririyatlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qochib yoki ko‘chib ketgan”, deyiladi hisobotda.

Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘chib kelgan jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 3 million yevrolik dasturni ishga tushirgan. 

“Uning asosiy maqsadi – ommaviy axborot vositalarining plyuralistik muhitini targ‘ib qiluvchi umumevropa platformasi yoki media markazlar tarmog‘ini yaratishni qo‘llab-quvvatlashdir”, deyiladi bayonotda. 

Qayd etilishicha, ushbu loyiha jurnalistlar “kontent yaratishda davom etishlari va uni tahririyat aralashuvisiz o‘z auditoriyalariga tarqatishlari” uchun yaratilgan.

“Erkin, mustaqil va plyuralistik ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Evropa Ittifoqi rossiyalik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing