Yevropa mamlakatlari Rossiyaga sanksiya qo‘llashga kelishdi
Olam
−
27 yanvar 2025 6897 1 daqiqa
Bugun, 27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Unga ko‘ra, Moskvani urushni moliyalashtirish uchun daromadlardan mahrum qilish davom etadi.
“Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldi”, deya yozadi u.
Shuningdek, u Rossiya keltirgan zararni to‘lashi kerakligi haqida ham qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish bo‘yicha yana bir bor kelishib olishga tayyorlanmoqda va Vengriya bu qarorni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Avvalroq Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga veto qo‘ysa, buning oqibatlari bilan tahdid qilgandi. Uning yozishicha, agar Vengriya Bosh vaziri Yevropa sanksiyalarini to‘sib qo‘ysa, Putin tomonga o‘ynayotgan bo‘ladi.
Live
Barchasi