Rossiyada voyaga yetmagan bolalarga jinsiy harakatlar qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Rossiyaning Kansk shahrida voyaga yetmagan o‘g‘il va qiz bolalarga jinsiy harakatlar qilgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 20 may kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining Krasnoyarsk o‘lkasi va Xakasiya respublikasi bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 may kuni 33 yoshli o‘zbekistonlik mast holatda bo‘lgan va uy yonida bolalarni payqab qolgan. U o‘zining jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida 11 va 14 yoshli qizlar hamda 13 yoshli o‘g‘il bolaga nisbatan odobsiz va shahvoniy xarakterdagi harakatlar qilgan.

Tergov bosh boshqarmasi va militsiya xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tergov harakatlari natijasida erkak Kansk shahrida qo‘lga olingan. Tergov davomida sudlanuvchi Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgani ham aniqlangan.

“U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi (jabrlanuvchining nochor holatidan foydalangan holda 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlar) 4-qismining "b" bandida va 135-moddaning (buzuq harakatlar) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda”, deyiladi xabarda. 

Hozirda o‘zbekistonlik erkakka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi sobiq sevgilisining 22 yoshli qizini zo‘rlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik rossiyalik jinsiy harakatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing