Runi o‘zini boksda sinab ko‘rmoqchi

Sport

image

Mashhur angliyalik futbolchi Ueyn Runi “Misfits” promouterlik kompaniyasi bokschisiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Mirror” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Ueyn Runi bloger va bokschi KSI bilan “Misfits” promousheni homiyligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan debyuti haqida gaplashgan. KSI'ning o‘zi va amerikalik aktyor Logan Pol mazkur ligada jang qiladi.

Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini yakunlab, Chempionship klublari “Derbi” va “Birmingem”da, shuningdek, MLS'da “DS Yunayted”da murabbiylik faoliyatini olib bordi.

“Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida Runi besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va 2008 yilda Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Ueyn Runi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing