Ruminiyalik deputat parlamentda hamkasbining burnini tishladi (video)

Olam

image

Ruminiyalik deputat  Dan Vilchan yig‘ilish paytida o‘zining liberal partiyadagi hamkasbi Florin Romanga hujum qilib, uning burnini tishlab oldi. Bu haqda “G4media” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 may kuni qonun chiqaruvchi organning qabulxonasida sodir bo‘lgan.

“U burnimdan kannibalistik tarzda tishlamoqchi bo‘ldi, boshimni olib qochaman deb pastga tushirganimda tizzasi bilan bosh qismimga urdi”, deydi yaralangan parlament a’zosi.

Videoda deputat hamkasbining to‘g‘ridan to‘g‘ri burun sohasini tishlaganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Romanning so‘zlariga ko‘ra, raqibi unga tizzasi bilan ham zarba bergan.

Vilchan janjal yuzasidan bayonot bermasligini aytdi. Deputatlar palatasining huquqiy qo‘mitasi deputat Vilchanga nisbatan maksimal jazo choralarini qo‘lladi. Tashkilot hujum qilgan parlamentariy 6 oy davomida 50 % kamroq imtiyozlar olishi kerak va 3 oylik muddat davomida har bir yalpi majlisda 10 soniyadan ko‘proq gapira olmaydi, deb qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya parlamentining muxolifatdagi “Fuqarolar” partiyasi a’zosi Aleksandr Elisashvili xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” hukmron partiyasi ijrochi kotibi, parlamentdagi ko‘p yetakchisi Mamuka Mdinaradze bilan mushtlashib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

parlament Ruminiya burun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing