Ruminiyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Kecha, 26 avgust kuni Ruminiyadagi suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi va 30 dan ortiq kishi yaralandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Rayed Arafat ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida birinchi portlash taxminan Ruminiya vaqti soat 19:00 sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, kuchli yong‘in boshlangan, yong‘in ikkita tanker va yaqin atrofdagi uyni qamrab olgan. Taxminan ikki soatdan keyin ikkinchi portlash yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 dan ortiq kishi jarohat olgan. Ularning 26 nafari birinchi portlashdan keyin yong‘inni o‘chirish uchun kelgan o‘t o‘chiruvchilardir. Rayed Arafat yangi portlashlar xavfi saqlanib qolayotganini qayd etgan.

Ayni vaqtda rasmiylar aholini taxminan 300 metr radiusda evakuatsiya qilgan, shuningdek, Buxarest yo‘nalishida kuchli tutun tarqalayotgani haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron sharqidagi Rezaviy Xuroson viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz bergandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Ruminiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing