Ruminiyada NATOning harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Olam

image

Ruminiya va NATOning boshqa bir qancha davlatlaridan 500 ga yaqin askar 24-28 may kunlari Smirdan jangovar tayyorgarlik markazida (Galati okrugi) bo‘lib o‘tadigan Dacian Strike 24 (DAST24) ko‘p millatli mashqlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda Ruminiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

AQSH, Fransiya harbiy xizmatchilari, Ruminiyadagi NATO jangovar guruhi, Ruminiya harbiy-havo kuchlari va Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlari Eurofighter Typhoon samolyotlari bilan manyovrlarda ishtirok etmoqda.

DAST24 qo‘shma qo‘mondonlik va harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida Ruminiyada (Galati okrugidagi Smirdan poligoni va Konstansa okrugidagi Kapu Midiya poligonida) va Bolgariyada (Novo Selo poligonida) o‘tkaziladi, deya qayd etadi Ruminiya harbiy boshqarmasi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida NATOning so‘nggi yillardagi eng yirik harbiy mashg‘uloti bo‘lgan “Steadfast Defender 24”da alyansning barcha davlatlaridan, shuningdek, Shvetsiyadan taxminan 90 000 askar ishtirok etgandi. Mashqlar doirasida Polshaning Korzenevo viloyatida “Dragon 24” nomli harbiy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Buyuk Britaniya Ruminiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing