Ruminiya Prezidenti NATO Bosh kotibi bo‘lmoqchi

Olam

image

Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis NATO Bosh kotibi lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda u Ruminiya NATOga qo‘shilganining 20 yilligi munosabati bilan bergan bayonotida ma’lum qildi.

"Men Ruminiya nomidan ushbu nomzodlikni to‘liq mas’uliyat bilan qabul qilaman va bu qaror Ruminiyaning ko‘rsatkichlariga, ikki prezidentlik mandati davridagi tajribamga asoslanadi. Men NATO, Yevropa va ayniqsa mintaqamiz oldida turgan muammolarni chuqur tushunaman va NATOning asosiy qadriyatlari va maqsadlariga qat’iy sodiqman”, deydi Prezident.

NATOga a’zolik o‘z mamlakatiga "tarixdagi eng kuchli xavfsizlik kafolatlarini" berganini ta’kidlagan Yoxannis xavfsizlik kafolatlari hech qachon bugungi kundagidek muhim bo‘lmaganini ta’kidladi. 

“Biz xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘nlab yillardagi eng og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqdamiz, ammo biz ruminiyaliklar o‘zimizni xavfsiz his qilyapmiz, chunki biz NATO a’zolarimiz”, deydi Prezident.

Uning ta’kidlashicha, hokimiyatda bo‘lgan davrda Ruminiyada NATOning yalpi ichki mahsulotning (YAIM) kamida 2 foizini mudofaa uchun sarflash haqidagi maqsadiga erishilgan.

“Sharqiy Yevropa NATO doirasidagi muhokamalar va qarorlarga qimmatli hissa qo‘shmoqda. Ushbu mintaqaning muvozanatli, kuchli va samarali vakilligi bilan Ittifoq barcha a’zo mamlakatlarning ehtiyojlari va manfaatlariga javob beradigan maqbul qarorlarni qabul qila oladi. Shu sabablarga ko‘ra, men NATO Bosh kotibi lavozimiga nomzodimni qo‘yishga qaror qildim”, deya qo‘shimcha qildi Yoxannis .

Shunday qilib, Yoxannis NATO Bosh kotibi lavozimi uchun Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryuttega raqib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ruminiya Klaus Yoxannis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing