Ruminiya parlamenti hukumatni iste’foga chiqardi

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Ruminiyada mamlakat parlamenti Bosh vazir Iliye Bolojan hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qildi. Oqibatda markaz-o‘ng kuchlar rahbarligidagi hukumat rasman quladi. Bu haqda “Politico” xabar qildi.

Qayd etilishicha, ovoz berish oldidan o‘tgan keskin muhokamalarda Bolojan bu qarorni keskin tanqid qilgan. U ishonchsizlik votumini asossiz va sun’iy deb atab, inqirozlar sharoitida hukumatlarni almashtirish emas, balki mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan.

Hukumatning ag‘darilishida markaz-so‘l Sotsial-demokratik partiya (PSD) hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ushbu partiya o‘tgan oyda qattiq tejamkorlik siyosatiga norozilik bildirib, Milliy liberal partiya boshchiligidagi hukumatdan chiqqan. Shundan so‘ng ular o‘ngchi Ruminiya birligi alyansi bilan birlashib, Bosh vazirni lavozimdan chetlatishga kirishgan.

Bolojan 2025 yildan beri hokimiyatda edi. U avvalgi Bosh vazir Marchel Cholaku iste’fosidan keyin lavozimga kelgan. Uning hukumatdan ketishi mamlakatdagi siyosiy barqarorlikka yana bir zarba bo‘ldi. Bu voqea Ruminiyadagi keskin o‘tgan prezident saylovlaridan bir yil ham o‘tmay sodir bo‘ldi. Ushbu saylovlarda hozirgi Prezident Nikushor Dan o‘ng qanot siyosatchi Jorje Simionni mag‘lub etgan edi.

Kuzatuvchilar fikricha, aynan Simion Bolojan hukumatning ag‘darilishi ortidagi asosiy siyosiy figuralardan biri hisoblanadi. Uning partiyasi jamoatchilik orasida tobora ommalashib bormoqda va hozirgi beqarorlik bu tendensiyani yanada kuchaytirishi mumkin. 

Bolojanning iste’fosi Ruminiya tarixida alohida o‘rin tutadi. U 1989 yilgi Ruminiya inqilobidan keyin ishonchsizlik votumi orqali lavozimidan chetlatilgan yettinchi bosh vazirga aylandi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ruminiya hukumat parlamenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing