Ruxsatnoma stikerisiz avtomobil boshqarganlarga qanday jazo chorasi ko‘riladi?
Bu qiziq
−
29 mart 2020
20741O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, toshkent va nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillar faqatgina maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz boshqarish taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.
Ruxsatnoma stikeri yopishtirilmagan shaxsiy avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo chorasi ko‘riladi? IIV shaxsiy avtomobilni boshqarish taqiqlangani bilan bog‘liq tartibni buzgani uchun javobgarlik belgilanishini eslatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida shunday deyilgan:
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bugun soat 15:00dan boshlab maxsus ruxsatnomani olish uchun arizani elektron tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish joriy etildi.
LiveBarchasi