Avtomobillarga maxsus ruxsatnoma olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Bu qiziq
−
29 mart 2020
30386O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan joriy yilning 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, toshkent va nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillar faqatgina maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz boshqarish taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.
Maxsus ruxsatnomani olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi? O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Hozircha ruxsatnomani olish uchun:
• fuqarolik pasporti;
• avtomototransport texnik pasporti;
• Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun – tegishli tuman hokimligining xati;
• tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
• litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya;
• ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
• xodimning mehnat daftarchasi yoki lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq.
Eslatib o‘tamiz, maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etildi.
Dastavval maxsus ruxsatnomani olish markazga oldindan telefon qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng amalga oshirilishi belgilangan edi.
Bugun soat 15.00 da maxsus ruxsatnomani olish uchun arizani elektron tarzda my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin bo‘ladi.
LiveBarchasi