Samarqandda stikerga ega avtomobillar harakatiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
26 may 2020
7488Bugun, 26 maydan boshlab Samarqand shahri hududida maxsus stikerga ega transport vositalari harakatiga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga Samarqand IIB karantin qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida 13 maydan karantin qoidalari kuchaytirilgan edi.
Shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov Samarqand shahri epidemiologik nuqtai nazaridan "qizil" hududga kirgani, ammo oxirgi vaqtlarda karantin qoidalarining bir oz yumshatilishi ayrim fuqarolar tomonidan suiiste’mol qilinayotganini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 28 martdagi qarori bilan 30 martdan 20 aprelgacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida DXA tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)siz avtomobil boshqarishga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi. Keyinroq, bu cheklovlar velosiped va skuterlarga ham joriy qilindi.
Joriy yilning 18 mayidan boshlab O‘zbekistonda karantin davrida shaxsiy avtomobillardan foydalanishga nisbatan o‘rnatilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishi aytilgandi.
LiveBarchasi