O‘zbekistonda avtomobillarga stiker berish yanada soddalashtirildi
Jamiyat
−
31 mart 2020
18671Ma’lumki, joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarishni taqiqlashga qaratilgan qarori e’lon qilingan edi. Kecha, 30 mart kuni ushbu qaror yanada takomillashtirilib, maxsus ruxsatnoma (stiker) berish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal)da maxsus ruxsatnoma (stiker) olishga ariza yuborishda id.gov.uz orqali avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi.
Xizmat TOP-xizmatlar qatoriga qo‘shilgan va Yagona portalning bosh sahifasiga chiqarilgan.
Ariza yuborish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining sahifasiga kirib, so‘ralgan ma’lumotlarni jo‘natish kerak.
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, harakat uchun ruxsatnoma Yagona portal orqali olinadi, maxsus stiker esa Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi.
LiveBarchasi