Ruxsatsiz Haj qilishga uringan 17 mingdan ortiq odam hibsga olindi

Olam

image

Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmatlari 17 mingdan ortiq kishini ruxsatsiz haj qilishga uringani uchun hibsga oldi. Bu haqda mamlakat Jamoat xavfsizligi direktori va haj xavfsizlik qo‘mitasi rahbari general-leytenant Muhammad Al-Bassami ma’lum qildi. 

Keltirilishicha, hibsga olingan 17 615 kishidan 9509 nafari yashash, ishlash va chegara xavfsizligi qoidalarini buzuvchilar va 105 nafari esa soxta haj kampaniyalarining tashkilotchilari bo‘lgan. Ularning barchasi tegishli organlarga topshirildi.

Shuningdek, haj ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan 202 695 kishi Makka shahriga kirish punktlaridan qaytarib yuborilgan. Shu bilan birga Makka va muqaddas joylarga kirish litsenziyasiga ega bo‘lmagan 128 999 ta transport vositasi qaytarilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina shaharlarida ikki milliondan ortiq kishi haj ziyoratini amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing