“Rubin” klubi o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sport
−
19 iyun 2019
4766O‘zbekiston Milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovga Qozonning “Rubin” klubi qiziqish bildirmoqdi.
Joriy yilning iyul oyi boshida Denisovning “Lokomotiv” klubi bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. Shu boisdan futbolchi erkin agent sifatida qozonliklar safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Rus nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, Igor tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Qozon shahriga yetib kelgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi 2013 yilning yozida Moskvaning “Lokomotiv” klubi safiga Ukrainaning “Dnepr” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U moskvaliklar safida bir martadan Rossiya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Denisov o‘tgan mavsumda ijara asosida “Krilya Sovetov” klubida o‘ynadi. 17 o‘yinda ishtirok etib, bitta golga pas bergan edi.