Ruandada chaqmoq urishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
05 yanvar 1814 1 daqiqa
Kecha, 4 yanvar kuni Ruandaning sharqiy qismida kuchli yashin urishi favqulodda hodisaga sabab bo‘lib, 15 kishi jabrlandi va ulardan 9 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda “The New Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, hodisa Ruandaning Sharqiy provinsiyasiga qarashli Ngoma okrugining Harama sektorida sodir bo‘lgan.
Sharqiy provinsiya gubernatori Pyudens Rubingisaning aytishicha, kuchli yashin o‘z bog‘larida ishlagach, yomg‘irdan pana qilayotgan fermerlarni urgan. Jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Yashin 15 kishini urgan, ulardan 9 nafari voqea joyida vafot etgan.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, relef va hududiy xususiyatlar sabab Ruandaning sharqiy va g‘arbiy qismlarida yashin urish holatlari tez-tez kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning shimoli-sharqidagi Kvinslend shtatida kuchli bo‘ron yuz berib, o‘n minglab aholi elektr ta’minotisiz qolgandi.
Live
Barchasi