O‘zbekiston Ruanda bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Jamiyat

image

Kecha, 18 aprel kuni Turkiyaning Antalya shahrida O‘zbekiston va Ruanda o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ruanda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 167-davlatga aylangan. Baxtiyor Saidov Ruanda Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olive Nduhungirehe bilan birgalikda diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzolagan.

Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini o‘rnatish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini ham imzolangan.

“Ushbu hujjatlarning imzolanishi, shubhasiz, O‘zbekistonning Afrika qit’asi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishi yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Ruanda – Sharqiy Afrikada joylashgan kichik, lekin tez rivojlanayotgan davlat. Uning poytaxti Kigali shahri bo‘lib, u Afrikadagi eng toza va tartibli shaharlardan biri hisoblanadi. Mamlakat asosan tog‘ va tepaliklardan iborat, shu sababli uni “ming tepaliklar mamlakati” deb atashadi. Aholisi taxminan 13 millionga yaqin, asosiy millatlar xutular, tutsilar va tvalalardan iborat. Rasmiy tillari – kinyarvanda, ingliz va fransuz tillari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Lesoto o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ruanda diplomatik munosabat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing