Ruanda davlatida koronavirusga qarshi kurash uchun robotlar yollandi

Texnologiya

image

Sharqiy Afrika mamlakatining Ruanda hukumati koronavirus bilan kurashish uchun beshta robotni ishga yolladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi

Robotlar mamlakat poytaxti Kigali shahridagi bemorlarni davolaydigan Kanainya davolash markaziga topshirildi. Ushbu robotlar shifokorlarning koronavirus yuqtirib olish xavfini keskin kamaytirishi ta’kidlanmoqda.

Ruandaning sog‘liqni saqlash vaziri Daniyel Ngamigening so‘zlariga ko‘ra, ular ommaviy harorat tekshiruvi, bemorlarning holatini kuzatish va ularning tibbiy yozuvlarini yuritishda qo‘llaniladi. Ular har daqiqada 150 kishidagi virusni simptomlari, masalan, isitma va quruq yo‘talni tekshirishlari mumkin.

Robotlar infeksiyalangan bemorlarga dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa zarur narsalarni yetkazib bera oladi. Ular tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shifokorlar va bemorlarni o‘zaro muloqot qilishiga mo‘ljallangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ruandada koronavirus bilan bog‘liq 327 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 237 nafari sog‘aygan. Vafot etganlar qayd etilmagan. Mavjud bemorlar soni 90 nafarni tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ruandada Robotlar

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing