Robotlar shifoxonalardagi bemor bolalarga ruhan yordam bera oladimi?

Bu qiziq

image

Qo‘shma Shtatlardagi sog‘liqni saqlash muassasalari yosh va keksa bemorlarga qulaylik yaratish uchun robotlardan foydalanmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

AQSHning Massachusets shtatidagi bolalar shifoxonasida Robin ismli terapevtik robot ishga tushurilgan. Tanasi uchburburchak shaklda silliq qilib ishlangan ushbu robotning bo‘yi 1,2 metrni tashkil qiladi. U aynan quchoqlash uchun mo‘ljallangan. Robinning ovozi xuddi 7 yoshli qizchaning ovoziga o‘xshaydi.

Robot ishlab chiqaruvchilarining fikricha, Robin asosan og‘riqli protseduralarga duch keladigan uzoq mudatli parvarishdagi bolalarga ruhiy yordam beradi. 

“Robinning asosiy vazifasi bemorlarga davolanish davrida ruhiy va madaniy ko‘mak berishdir”, deydi “Exper” texnologiyalari bosh derektori.

Shuningdek, ushbu robot keksa bemorlarga ham xizmat ko‘rsatadi. Robin ularga “nabira”dek g‘amxo‘rlik qiladi. Qariyalar uylarida esa demansiya bilan og‘rigan odamlar bilan xotira o‘yinlarini o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Robin AQSHning Kaliforniya, Massachusets, Nyu-York va Indiana shatatidagi 30 ga yaqin shifoxonalarda mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada qariyalar va demensiya sindromi (aql faoliyati va xotiraning susayishi)bilan kasallangan bemorlarga sun’iy intellektga ega qo‘g‘irchoqlar berilgan edi. Ijtimoiy xodimlarning fikricha, ushbu o‘yinchoqlar yolg‘izlikka qarshi kurashishda yordam beradi. Hozirda ChatGPT asosida ishlaydigan “Hyodol” qo‘g‘irchog‘idan butun mamlakat bo‘ylab 12 mingdan ortiq nafaqaxo‘r foydalanmoqda.

Malikabonu Muhammedova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh bolalar Robotlar Robin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing