Ruhoniy samolyot halokatida bir emas, ko‘plab odamlar aybdorligini aytdi

Olam 3378
image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy Ukraina samolyoti urib tushirilishida faqat bir odamni ayblash mumkin emasligini aytdi.

"Havo mudofaasi bilan tanish bo‘lganim tufayli, bunda bir odamni ayblash mumkin emasligini aytaman. Bu ish ortida nafaqat tugmani bosgan kishi, balki boshqalar ham bor. Shuning uchun odamlar bu masalaga adolatli munosabat bildirishlarini istayman", deydi Hasan Ruhoniy.

Uning ta’kidlashicha, Hukumat bunday holat kelgusida takrorlanmasligini kafolatlash uchun  aviahalokatlar doir barcha ma’lumot va tomonlarni tekshirish, aydorlarni jazolash uchun sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyevga parvozni amalga oshirayotgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari"ga qarashli Boeing-737-800 layneri 8 yanvar kuni Tehron aeroportidan uchib chiqqach, halokatga uchragan. Bortdagi 176 yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan.

Shanba kuni Eron harbiylari "Ukraina xalqaro avialiniyalari" yo‘lovchi samolyoti "inson xatosi" tufayli tasodifan urib tushirilganini ma’lum qildi. Boeing xatolik tufayli dushman samolyoti sifatida qabul qilingan, negaki, u muhim harbiy ob’ekt yaqinidan uchib o‘tayotan bo‘lgan.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 118
Reyting: 3
Teglar
t
×