Ruhiy, jismoniy va jinsiy... Ayollar eng ko‘p qanday zo‘ravonlikka uchramoqda
Jamiyat
−
29 noyabr 2021
10088Joriy yilning 10 oyida 4 518 nafar xotin-qizlarga nisbatan turli zo‘ravonliklar sodir etilgan. Bu haqda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori Muqaddam Rasulova brifingda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 10 oy ichida “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaz”lariga 7 226 nafar fuqarolar murojaat qilgan, ulardan 4 518 ta holatda turli zo‘ravonlik sodir etilgan.
Shundan 2 457 ta ruhiy, 1 358 ta jismoniy, 37 ta jinsiy, 666 ta iqtisodiy zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan va 2 708 ta holatlarda oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar, ajrashish masalalari bilan bog‘liq murojaatlar qayd etilgan.
Shuningdek, Muqaddam Rasulova tazyiq, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarning murojaat qilishlari uchun uzluksiz ishonch telefoni ishga tushganini ta’kidlab o‘tdi.
“Respublika reabilitatsiya markazida joriy yilning 12 noyabridan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo‘ljallangan 24 soat uzluksiz ishlaydigan 1146 “Ishonch telefoni” ish boshladi, hozirgi kunda tashkiliy masalalar hal qilinmoqda”, deydi markaz direktori.
LiveBarchasi