Rostovdan 1 000 ga yaqin o‘zbekistonlik qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidan 918 nafar O‘zbekiston fuqarosi yo‘lovchi poyezdida Vatanga qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Joriy yilning 10 avgust kuni Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd bugun, 13 avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi.

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi.

Avvalroq, Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan 2 mingga yaqin fuqaroni ortga qaytarish uchun poyezdlar yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

poezd o'zbekistonlik karantin

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing