Rostovdagi Federal xavfsizlik xizmatiga tegishli binoda yong‘in chiqdi (video)

Olam

image

Kecha, 16 mart kuni Rossiyaning Rostov viloyatidagi Federal xavfsizlik xizmatining chegara boshqarmasi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. 

Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, Rostov viloyatidagi Siyevers ko‘chasi, 20-uyda Rossiya FXX chegara qo‘shinining yordamchi xonalarida yong‘in sodir bo‘lganligi haqidagi signal soat 12:25 da olingan. U hodisaga bino ichidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lganini aytgan. 

“Yong‘in kengayib borayotgani yoqilg‘i-moylash materiallari solingan konteynerlarning portlashiga sabab bo‘ldi. Yong‘in 800 kvadrat metr maydonga tarqaldi, natijada ikkita devor qulab tushdi”, degan gubernator.

FXX ham mazkur yong‘inga chegara qo‘shinining garajida sodir bo‘lgan portlash yoqilg‘i-moylash materiallarining alangalanishi natijasida sodir bo‘lganini da’vo qilgan. Yana boshqa bir nashrda garajda o‘q-dorilar portlagani, shundan keyingina yong‘in kelib chiqqani xabar qilingan.

Voqea guvohlaridan biri mahalliy vaqt bilan soat 16:00 ga kelib yong‘in xavfi bartaraf etilgani, ammo hali to‘liq o‘chirilmaganini bildirgan. Voqea joyiga yaqinlashish va kirish yo‘llari politsiya mashinalari bilan to‘sib qo‘yilgan. Yong‘inga yaqin joyda yashovchi va ishlayotgan bir guruh kishining aytishicha, ular to‘satdan oddiy ish kunining o‘rtasida katta portlash ovozini eshitgan. Baland ovozdan qo‘shni uylarning derazalari silkinib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in FXX chegara boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing