Rostov vokzalida qolib ketgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytariladi

Jamiyat

ростов5

Biroz avval, Rossiyaning Rostov viloyatidagi vokzalda 3 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi to‘plangani, ular bir necha kundan buyon vokzal hovlisida tunayotgani, fuqarolar orasida voyaga yetmagan bolalar, hatto, go‘daklar borligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulxonasi bosh konsuli Rustam Ko‘rganboyevning ma’lum qilishicha, 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni yaqin vaqtlarda Vatanga qaytarish rejalashtirilyapti.

“Bugun poyezd keladi. Bu uchinchi poyezd. Ertaga u Toshkentga qarab yo‘lga tushadi. 940 nafarga atrofida vatandoshimizni jo‘natishni rejalashtiryapmiz”, deydi Ko‘rganboyev.

Uning aniqlik kiritishicha, mehnat migrantlari Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglariga mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari uchun kelgan. O‘tgan yillarda O‘zbekiston fuqarolari RFni mavsum tugagach, avtobus yoki mashinalarda tark etgan. Biroq bu yil pandemiya sabab chegaralarda o‘rnatilgan cheklovlar sabab ketolmay qolgan.

“Keyinchalik ham kelishuv va ruxsat berilgan doirada jo‘natishni rejalashtiryapmiz. Ya’ni, bizda ketishni istayotganlar ko‘p. Hozirda ro‘yxatda 3 mingga yaqin odam kutyapti”, degan konsul.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish Rostov hokimiyatidagilar bilan birga amalga oshiriladi. Barchasi nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing