“Rostov” Shomurodovni italyan klubiga sotishga rozi bo‘ldi

Sport

image

“Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga ko‘chib o‘tishi kutilyapti. Bu haqda “Sport ekspress” xabar berdi.

“Rostov” rahbariyati Italiyaning “Jenoa” jamoasining Eldor Shomurodni sotish uchun yuborgan 9 mln yevrolik taklifini qabul qilgan. Shuningdek, “Rostov” o‘yinchining keyingi transferidan ham 15 foiz ulush oladi.

Tomonlar italiyaliklar futbolchi uchun to‘laydigan pulning muddati bo‘yicha kelishib olishi qolgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan beri “Rostov” safida to‘p suradi. U joriy mavsumda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan. O‘zbekistonlik futbolchi Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichida “Makkabi”ga qarshi o‘yinda gol urdi va 29 fevraldan beri davom etayotgan golsiz seriyasini buzdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing