Rostov-Dondagi bozorda pirotexnika vositalari paviloni portlab ketdi (video)

Olam

Kecha, 6 dekabr kuni Rostov-Don shahrida joylashgan “Klassik” bozoridagi pirotexnika buyumlari bilan jihozlangan ikki qavatli savdo paviloni yonib ketdi. 

Dastlab yonish maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etgan. Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga qadar yong‘in 4 ming kvadrat metrni qamrab olgan. Yong‘in oqibatida pirotexnika vositalari yonib, feyerverklar osmonga ko‘tarilib portlagan. Odamlarni evakuatsiya qilish talab qilinmagan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in sababli prokuratura bozorda yong‘in xavfsizligi talablari bajarilishi yuzasidan tekshiruv boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar 4 ming kvadrat metr maydondagi yong‘inni daf etishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev yong‘in chiqqan bozorga yetib kelgan. Ma’lum qilinishicha, u Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining hisobotlarini tinglagan.

Ayni paytda holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika Rostov-Don

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing