Rossiyaning Yevropaga nisbatan tajovuzkor niyati yo‘q – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning NATO bilan urushga kirishi haqidagi qo‘rquvni “bema’nilik” deb atadi. Bu haqda u Tver viloyatiga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda AQSH harbiy xarajatlari 811 milliard dollarni, Rossiyaniki esa 72 milliard dollarni tashkil qilgan.

"Biz bu nisbatni hisobga olib, NATO bilan jang qilmoqchimizmi? Bu shunchaki safsata. Ularning Ukrainadan keyin Yevropaga hujum qilishimiz haqida gapirayotganlari mutlaqo bema’nilik, bu aholidan faqat pul undirish uchun qo‘rqitish", deydi Rossiya rahbari.

Putinning aytishicha, agar urushda qatnashish uchun Ukrainaga topshirilgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchib chiqsa, bu aerodromlar Rossiya harbiylari uchun qonuniy nishonga aylanadi.

Shu bilan birga, Putin F-16 samolyotlari bortida yadro qurolini olib yurishi mumkinligini eslatgan.

"Biz buni ham hisobga olishimiz kerak", deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyadan Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlariga tahdid solayotgani haqidagi bayonotlar G‘arbda bir necha bor eshitilgan. Xususan, AQSH Prezidenti Jo Bayden 2023 yil dekabrida bu haqda bayonot bergan edi.

Bundan tashqari, 2024 yil yanvarida NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer Shimoliy Atlantika alyansiga kiruvchi davlatlar Rossiya bilan keng ko‘lamli urushga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing